2020 yilda dunyo ahli turli davlatlarda global yarimo’tkazgichlar (mikrochiplar yoki mikrosxemalar) yetishmovchiligi tufayli avtomobil zavodlari to’xtab qolganiga guvohi bo’ldi. Ushbu yetishmovchilik raqamli mahsulotlarga (kompyuterlar, mobil telefonlar, planshetlar, serverlar, tibbiy asbob-uskunalar va hokazo) talabning oshishiga, infektsiya xavfi tufayli yarimo’tkazgich ishlab chiqarishning sekinlashishiga va global ta’minot zanjirlaridagi uzilishlarga olib kelgan COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgandi. Buning natijasida ko’plab avtomobil kompaniyalari o’zlarining ishlab chiqarish liniyalarini vaqtincha to’xtatishga yoki qayta ishlash uchun qisman tayyor avtomobillarni ishlab chiqarishga majbur bo’lishdi.
Ishlab chiqarish murakkab va doimiy rivojlanib boruvchi faoliyat turi bo’lib, undagi muvaffaqiyat ishlab chiqarish samaradorligidan tortib to mijozlar ehtiyojini qondirishgacha bo’lgan ko’plab omillarga bog’liq. Bozorda raqobatchilardan ustunlikka erishish va daromadni oshirish uchun ishlab chiqaruvchilar o’zlarining biznes samaradorligini oshiradigan asosiy KPI ko’rsatkichlarni (inglizchadan Key Performance Indicators) yaxshi tushunishlari juda muhimdir. Lekin qayerdan boshlash kerak?
Ushbu keng qamrovli qo’llanmada biz ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’llaniladigan tsikl vaqti va unumdorlikdan tortib, sof foyda marjasi va net promoter reytingi kabi eng asosiy KPI ko’rsatkichlari bilan tanishamiz.
Loyiha tuzish va uni boshqarishLoyihani tuzish va uni boshqarish deganda ma’lum vaqt oralig’ida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun resurslarni rejalashtirish, ishni tashkillashtirish va uni nazorat qilish, va manfaatdor tomonlarning talablariga javob beradigan yuqori sifatli natijalarni taqdim etish jarayoni tushuniladi. Loyiha boshqaruvi qurilish va muhandislikdan tortib sog’liqni saqlash va moliyagacha bo’lgan keng ko’lamli sohalarda qo’llaniladi. Ushbu maqolada loyihalarni boshqarish asoslari, turli metodologiyalar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Jahondagi yirik professional tashkilotlardan biri bo’lgan Loyiha Boshqaruvi Instituti (PMI) ta’rifiga ko’ra, loyiha deganda noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratish uchun vaqtinchalik intilish tushuniladi.
Toyota Ishlab Chiqarish TizimiKitobning nomi “Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv printsiplari” deb ataladi va xalqaro bestsellerlardan biri hisoblanadi. Uning muallifi - Michigan Universiteti professori Jeffri Layker. Bu kitob 2004 yilda sotuvda paydo bo’lganiga qaramasdan, hali ham ishlab chiqarish sohasida keng foydalanib kelinmoqda. Bu bestseller nafaqat dunyoning eng muvaffaqiyatli avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Toyota, balki uning ushbu muvaffaqiyatlarga erishish yo’lida o’zining katta hissasini Toyota Ishlab Chiqarish Tizimi (Toyota Production System) haqida ham yozilgan.
Tejamkor ishlab chiqarishning* instrumentlaridan biri 5S hisoblanadi. 5S ish joyini nafaqat tartibga keltirishda, balki ish unumdorligini, xavfsizligini va sifatini oshirishda va umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun qo’llaniladi. Uning kelib chiqishi yapon tilidagi 5 ta so’zlarning qisqartmasidan paydo bo’lgan:
Seiri (Saralash) Seiton (Tartibga keltirish) Seiso (Toza tutish) Seiketsu (Standartlashtirish) Shitsuke (Barqarorlashtirish) * Ingliz tilida “lean manufacturing”, rus tilida “бережливое производство”
Seiri (Saralash)Seiri boshqichda ish joyidagi barcha jihozlar kundalik ishda zarur va zarur bo’lmagan guruhlarga ajratiladi.
Agar mijozingiz biron sabab tufayli jahli chiqib norozilik bildirayotgan paytda vaziyatni yumshatish uchun qanday yondashgan va unga nima degan bo’lar edingiz? Nega o’zini sohasida bilimi juda kuchli bo’lmasa ham ba’zi hamkasblaringiz lavozim pog’onalarida tezroq ko’tarilishadi? Nega ishdagi biron muammoga sizning nazaringizdagi eng zo’r (texnik) yechim bo’lishiga qaramasdan uni amalda oshirish siz kutganingizdan ko’ra ko’proq vaqt oladi? Agar ushbu savollarga javoblarni bilmoqchi bo’lsangiz, postni o’qishda davom eting.
Professional ko‘nikmalar odatda “qattiq” (ruschada “твердые навыки”, inglizchada “hard skills”) va “yumshoq” (“гибкие навыки”, “soft skills”) ko‘nikmalarga bo‘linadi.
Kaizen ta’rifi va falsafasiKaizen (kayzen) yaponcha atama boʻlib, “yaxshilanish” yoki “yaxshi tomonga oʻzgarish” degan ma’noni anglatadi. Biznes va menejment kontekstida kaizen samaradorlik va unumdorlikni oshirish uchun jarayonlar va tizimlarni bosqichma-bosqich yaxshilashga intiladigan doimiy takomillashtirish falsafasini anglatadi.
Kaydzen birinchi marta Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatni qayta qurish va jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish usuli sifatida joriy etilgan. Keyinchalik Masaaki Imay tomonidan 1986 yilda nashr etilgan “Kaizen: Yaponiyaning raqobatbardosh muvaffaqiyatining kaliti” kitobi orqali G’arbda ommalashgan.
Bugungi tez o’zgarayotgan tadbirkorlik muhitida samaradorlik va unumdorlik muvaffaqiyat kalitidir. Talabchan mijozlarning ehtiyojini qondirish, qisqa muddatli buyurtmalarni o’z vaqtida bajarish va yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berish bosimi ortib borayotgan bir paytda, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonlaridagi samarasizliklarni bartaraf etish har qachongidan ham muhimroqdir. Ushbu maqolada tejamkor ishlab chiqarishning 8 ta yo’qotish turlari va ularni oldini olish haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Qo'shimcha ma'lumot Tejamkor ishlab chiqarishda keng qo’llaniladigan tushunchalardan biri faoliyat turlariga tegishlidir.
Ishlab chiqarish jarayonlari bir qator ilmiy qonunlar bilan tartibga solinadi. Sanoat va operatsion muhandisligi bo’yicha amerikalik professorlar Wallace J. Hopp va Mark L. Spearman tomonidan yozilgan “Zavod Fizikasi” (Factory Physics) nomli kitobda ishlab chiqarishdagi bir nechta fundamental bog’liqliklarni aniqlab, ularni matematik jihatdan isbotlaganlar. Ishlab chiqaruvchilar ushbu berilgan qonunlar va analitik formulalar yordamida o’zlarining ishlab chiqarish tizimlarini diagnostika qilishlari va samaradorlik, tsikl vaqti, mahsulot sifati, mijozlar ehtiyojini qondirish kabi mavzularda katta takomillashtirishlarni amalga oshirishlari mumkin.
O’qish davrida yoki mehnat faoliyatini boshlaganimizda eng kerakli ko’nikmalardan biri – taqdimot yaratishni bilish deyilsa mubolag’a bo’lmaydi. Agar bu jarayonning bir nechta muhim qoidalarini o’rganib olinsa, taqdimotlarni tayyorlash tez va oson ishga aylanib qoladi. Ushbu maqolada taqdimot tayyorlash va taqdim etish usullari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Ta’sirchan taqdimot (ya’ni prezentatsiya) yaratish uchun amerikalik professor Andrew Abelani “Ekstrim Taqdimot” usulidan foydalanishimiz mumkin.
Taqdimot yaratishdan oldin quyidagi savollarga javob topilsa, uni ustida ishlashga ketgan vaqtimiz samarali sarflanadi.