Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv printsiplari

Mavzular - Kitoblar to'plami

Kitobning nomi “Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv printsiplari” deb ataladi va xalqaro bestsellerlardan biri hisoblanadi. Uning muallifi - Michigan Universiteti professori Jeffri Layker. Bu kitob 2004 yilda sotuvda paydo bo’lganiga qaramasdan, hali ham ishlab chiqarish sohasida keng foydalanib kelinmoqda. Bu bestseller nafaqat dunyoning eng muvaffaqiyatli avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Toyota, balki uning ushbu muvaffaqiyatlarga erishish yo’lida o’zining katta hissasini Toyota Ishlab Chiqarish Tizimi (Toyota Production System) haqida ham yozilgan. Bu mashhur tizimning boshqaruv falsafasi va printsiplari 1990 yillarda “tejamkor ishlab chiqarish” (ruschada “бережливое производство”, inglizchada “lean production” yoki “lean manufacturing”) atamasiga asos solgan. Ushbu tizim korporativ madaniyatning bir qismi bo’lib, uning eng asosiy tushunchalaridan biri – kaizen hisoblanadi.

“Tejamkor ishlab chiqarish” – bu jarayonlardagi iste’molchi nazarida qo’shimcha foyda qo’shmaydigan yo’qotishlarni (waste/потеря) kamaytirish uchun foydalaniladigan tizimli usul hisoblanadi.

Taiichi Ono - Toyota Ishlab Chiqarish Tizimini asoschisi
Taiichi Ono:”Faqat kerakli narsani zarur bo’lganda va miqdorda ishlab chiqaring"

Biz qilayotgan ishlarni barchasi faqat mijoz bizga buyurtma bergan vaqtdan boshlab undan naqd pul to’lovini olguncha bo’lgan vaqt oralig’i chizig’iga qarashdir. Keyin biz shu vaqt chizig’ini foyda bermaydigan yo’qotishlarni olib tashlash orqali qisqartiramiz.

1.Boshqaruv qarorlaringizni qisqa muddatli moliyaviy maqsadlar hisobiga emas, balki uzoq muddatli foyda olib keluvchi falsafaga asoslang. 2.Muammolarni yuzaga olib chiqib ko’rsatadigan doimiy jarayon oqimini yarating. 3.Ortiqcha ishlab chiqarishni oldini olish uchun xaridor talabi “tortatigan” tizimlardan foydalaning. 4.Ishlab chiqarishdagi yuklamalar darajasini tekislang (heijunka). 5.Muammolarni hal qilish, birinchi marta sifatli bo’lish uchun ishlab chiqarish jarayonini to’xtatib turish madaniyatini yarating. 6.Standartlashtirilgan vazifalar doimiy ravishda takomillashtirish va xodimlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun asosdir. 7.Vizual nazoratdan foydalaning, shunda hech qanday muammo yashirilmaydi. 8.O’zingizning odamlaringizga va jarayonlaringizga xizmat qiladigan ishonchli, sinchkovlik bilan sinovdan o’tgan texnologiyalardan foydalaning. 9.Ishni puxta tushunadigan, kompaniya falsafasida yashaydigan va uni boshqalarga o’rgatadigan yetakchilarni o’stiring. 10.Sizning kompaniyangiz falsafasiga ergashadigan g’ayrioddiy odamlar va guruhlarni rivojlantiring. 11.Xom-ashyo yoki xizmat yetkazib beruvchi sheriklaringizni o’zaro ishga jalb qilish va ularni takomillashishiga yordam berish orqali ularni hurmat qiling. 12.Vaziyatni haqiqatdan tushunish ichun o’zingiz borib ko’rishga harakat qiling (Genchi Genbutsu). 13.Barcha variantlarni sinchkovlik bilan ko’rib chiqib, konsensus asosida asta-sekin qarorlar qabul qiling; Tezkorlik bilan amalga oshiring (Nemawashi). 14.Doimiy aks ettirish (Hansei) va takomillashish (Kaizen) orqali o’rganib rivojlanadigan tashkilot bo’ling.

Telegram kanal
Agar ushbu maqola sizga yoqqan bo’lsa uni do’stlaringiz bilan ham ulashing. Yoki ushbu mavzuga qiziqsangiz, bizning Telegram kanalimizga obuna bo’ling.

O'xshash maqolalar