Ishlab chiqarish asbob-uskunasining Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichi (OEE)

Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning eng oddiy yo’llaridan biri bu asbob-uskunalarni umumiy samaradorlik ko’rsatkichlarini kontrol qilishdir. Buni sanoatda keng tarqalgan “Overall Equipment Effectiveness yoki OEE (“общая эффективность оборудования”) deb nomlangan tahliliy usul vositasida amalga oshirish mumkin.

Bu usul ishlab chiqarish jarayonidagi ob’yektlar, vaqt va materiallar ularning rejalashtirilgan potensialiga nisbatan qanday foydalanilayotganini ko’rsata oladi va jarayondagi isrof va yo’qotishlarni aniqlab, ularni kamaytirishga mo’ljallangan chora-tadbirlarni belgilashga yordam beradi.

Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichi = Yaroqlik x Unumdorlik x Sifat

  • 100% Yaroqlik deganda uskuna rejalashtirilgan ishlab chiqarish vaqtida hech qanday to’xtovsiz ishlaydi.
  • 100% Unumdorlik deganda ishlab chiqarish jarayoni maksimal nazariy tezlikda amalga oshiriladi.
  • 100% Sifat deganda berilgan vaqtda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarda defektlar yoki qayta ishlashlar yo’qligi tushuniladi.

Uskunaning Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichi (%) = %Yaroqlik x %Unumdorlik x %Sifat = (B/A) x (D/C) x (F/E)
Uskunaning Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichi (%) = %Yaroqlik x %Unumdorlik x %Sifat = (B/A) x (D/C) x (F/E)

Yaroqlik yo’qotishlarga uskunani kutilmaganda buzilishi yoki uni qayta ishga tushirilish vaqtlari, unumdorlik yo’qotishlarga ishlab chiqarish jarayoni tezligini sekinlashuvi yoki ishchilarni qisqa tanaffuslari misol bo’la oladi. Sifat kategoriyasiga esa berilgan vaqt oralig’ida barcha ishlab chiqarilgan mahsulotdan topilgan defektlar kiradi.

Kichik misol: yaroqlik 50%, unumdorlik 70% va sifatli mahsulot bo’lagi 95% bo’lsa, unda ishlab chiqarish uskunaning umumiy samaradorlik ko’rsatkichi 33% ga teng bo’ladi (0.5×0.7×0.95). Bu miqdor kam yoki ko’pligini bilish uchun quyidagi sanoatda qabul qilingan standart ko’rsatkichlari bilan solishtirish mumkin.

Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichini (USK) sanoatdagi nisbiy standarti
Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichini (USK) sanoatdagi nisbiy standarti

Mijozlar talabi bo’lmagan vaqtda yuqori USK ortiqcha ishlab chiqarishga olib kelib, zarur bo’lmagan sarf-harajatlarga (omborda saqlash, transportda tashish, mahsulotni kutish) sabab bo’ladi. Shu sababdan USK ko’pincha samaradorlikni oshirmoqchi bo’linganda o’lchaniladi. Masalan, ishlab chiqarish liniyasining tor joyi (узкое место / bottleneck) butun sistemani sekinlashtiradi. Agar shu tor joyni umumiy samaradorlik ko’rsatkichi yahshilansa, butun sistemani yahshilanishiga olib keladi. Quyidagi rasmda ko’rsatilgandek, agar 1-chi jarayonda USK yuqori bo’lsa, keyingi jarayonlarda material tirbandligi paydo bo’lishini ko’rish mumkin. Agar 4-chi jarayonni USK si yuqori bo’lsa, materiallarga “chanqoqlik”ni kuzatish mumkin.

Ishlab chiqarish liniyasining tor joyi (3-chi jarayon) tufayli materiallarni tirbandligi kelib chiqishi
Ishlab chiqarish liniyasining tor joyi (3-chi jarayon) tufayli materiallarni tirbandligi kelib chiqishi

Yana bir USKga chambarchas bog’liq bo’lgan o’lchovlardan biri – uskunalarning umumiy samaradorligi (показатель общей эффективности производительности оборудования / total effective equipment performance) ko’rsatkichidir. USK miqdori faqat rejalashtirilgan ish soatlariga nisbatan qo’llanilsa, by o’lchov kalendar soatlariga nisbatan hisoblaydi. Masalan, uning 100% ga yetishi ishlab chiqarish jarayoni kuniga 24 soat, yiliga 365 kun, 100% yuklash (nagruzka) va 100% USK bilan bajarilganligini anglatadi.

USK ishlab chiqarish boshqaruvchilari uchun juda foydali o’lchov vositasi bo’lishiga qaramay, zavodning ishchilari uchun bu biroz mavhum bo’lishi mumkin. Ularga real vaqtda oson talqin qilinadigan va motivatsiya beradigan maqsadlar berilganda eng yaxshi natijalarga erishish mumkin. Misol uchun, quyidagi o’lchovlar shular jumlasidan bo’lishi mumkin:

  • Rejalashtirilgan ishlab chiqarish mahsulotlar soni
  • Haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni
  • Samaradorlik (rejalashtirilgan mahsulot sonini haqiqiyga mahsulot soniga nisbati; foiz hisobida ishlab chiqarish hajmi qancha oldinda yoki orqada)
  • Uskunalarning ishlatilmay turib qolgan vaqti (smenada to’plangan rejadan tashqari to’xtash vaqti real vaqt rejimida yangilanadi; bu ishlab chiqarish jarayonini yahshilashni asosiy yo’nalishiga katta e’tiborni qaratadi).

Tipografiya rahbari ishlab chiqarish quvvati xaridorlarning talabini qondira olmayotganiga shikoyat qildi. Uning fikricha, qo’shimcha tipografiyaga joy olib chop etish uskunalar sotib olish bilan bu muammoni hal qilish mumkin ekan. Kecha siz usbu tipografiyaga borib quyidagi ma’lumotlarni oldingiz.

  • Ish kuni 8 soatdan iborat.
  • Chop etish uskunasi 420 daqiqa ishladi.
  • Chop etish uskunasi bir daqiqada 10 ta daftar chop eta oladi.
  • 2200 ta daftarlar chop etildi.
  • 162 ta daftarlar turli sabablarga ko’ra defekt deb topildi.

Hisob-kitob qilib ko’rib, tipografiya rahbariga nima maslahat bergan bo’lardingiz?

Telegram kanal
Agar ushbu maqola sizga yoqqan bo’lsa uni do’stlaringiz bilan ham ulashing. Yoki ushbu mavzuga qiziqsangiz, bizning Telegram kanalimizga obuna bo’ling.

O'xshash maqolalar